Prevyu. "Navbahor" - "Bunyodkor"

  • 16 avgust, 2024, 22:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" O‘zbekiston Cuperligasi 16-turi doirasida o‘z maydonida Toshkentning “Bunyodkor” klubini qabul qiladi.

O‘zbekiston chempionatlari tarixida ushbu jamoalar o‘zaro 37 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 21 tasida “Bunyodkor” “lochinlar”ni mag‘lubiyatga uchratgan. “Navbahor” esa  9 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. Ettita uchrashuvda esa tomonlar durangga imzo chekishgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 67:38, “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

O‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor” 70 ochko, “Navbahor” esa 34 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Ushbu klublarning o‘zaro bellashuvlaridagi eng yirik hisob 2009 yili kuzatilgan. O‘sha yili Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsda “qaldirg‘ochlar” 6:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. 

Mazkur jamoalar ishtirokidagi Namanganda bo‘lib o‘tgan 18 ta o‘yinning 8 tasida mezbonlar, 7 tasida esa mehmonlar zafar quchishgan. Uchta uchrashuvda  esa g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati – 26:22, “Bunyodkor” foydasiga.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvi 19 avgust kuni Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadionida soat 19:30 da start oladi.

 

"Navbahor matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!