
Prevyu. "Neftchi" - "Buxoro"
Coca-Cola Superliganing 20-turdagi "Neftchi"ning raqibi "Buxoro" futbol klubi 1960 yilda tashkil topgan. Milliy chempionatimiz doirasida Pro liga hamda Superligada to‘qnash kelgan jamoalar jami 57 marta o‘zaro uchrashgan bo‘lib, bularning 16 tasida "Buxoro" g‘alaba qozongan, 5 ta o‘yin durang bilan yakun topgan va 36 ta bahsda "Neftchi" ustun kelgan. Umumiy to‘plar nisbati 107-53 farg‘onaliklar foydasiga.
Jamoalarning bu qarama-qarshilikdagi eng yirik g‘alabalari 1994 yilga to‘g‘ri keladi. Buxorodagi o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, Farg‘onada esa "Neftchi" 5:0 hisobida ustun kelgan.
Farg‘onada qayd etilgan oxirgi 5 ta uchrashuv natijalari:
PRO LIGA
12.09.2021.
"Neftchi"-"Buxoro" 2:0
14.11.2021.
"Neftchi "-"Buxoro" 1:1
SUPERLIGA
12.042018.
"Neftchi"-"Buxoro" 0:1
07.09.2017.
"Neftchi"-"Buxoro" 1:2
29.10.2016.
"Neftchi"-"Buxoro" 0:1
"Neftchi" birinchi davrada Buxorodagi uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang o‘ynab qaytgandi.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar