Prevyu. OKMK - "Navbahor"

  • 07.11.2025 11:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Superligasi 28-turi doirasida "Navbahor" Olmaliqda OKMK klubiga qarshi maydonga tushadi. 

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 35 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 14 marta, namanganliklar esa 10 marta zafar quchishgan. Yana 10 bir uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 45:44, “Navbahor” foydasiga.  O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 53 ochkoni, “lochinlar” esa 41 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Superliga (oliy liga)dagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda namanganliklar 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekkandi – 1:1.

Mazkur klublarning Olmaliqda o‘tkazilgan bahslariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 17 ta bahsning 10 tasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, "Navbahor" 4 marta zafar quchgan. Uchta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich - 28:22, OKMK foydasiga. 

Eslatib o‘tamiz, OKMK – “Navbahor” uchrashuvi  bugun Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:00 da start oladi. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!