Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Qizilqum" - "Neftchi"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bugun Navoiyda qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Bugun Navoiy shahridagi "Qizilqum" markaziy o‘yingohida Superliganing 14-tur bahsi bo‘lib o‘tadi. Unda Vitaliy Levchenko shogirdlari "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonda kuch sinashadilar. 

Statistikaga nazar tashlaymiz. Ushbu jamoalar milliy chempionatimiz doirasida 46 marta o‘zaro bahslashganlar. Ularning 12 tasida "Qizilqum" g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 23 ta o‘yinda "Neftchi"ning qo‘li baland kelgan va 11 ta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati 44-70 farg‘onaliklar foydasiga.

Navoiyda o‘tkazilgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalarini keltirib o‘tamiz

06. 05.2024.
"Qizilqum"-"Neftchi" - 1:1
26.05.2023.
"Qizilqum"-"Neftchi" - 1:1
01.04.2022.
"Qizilqum"-"Neftchi" - 3:0
23.11.2018.
"Qizilqum"-"Neftchi" - 1:1
20.04.2018.
"Qizilqum"-"Neftchi" - 1:0

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum"-"Neftchi" uchrashuvini Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bellashuv soat 20:00 da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q