Prevyu. "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor"
"Sherlar" Superliganing 2-turida Qo‘qonda "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘lishadi.
"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarga o‘tgan 36 bahsning 21 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 9 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta raqib g‘alaba qozongan. Raqib darvozasini 92 marta ishg‘ol qilgan jamoamiz 48 gol o‘tkazib yuborgan.
Raqib mezbonlik qilgan uchrashuvlarda esa vaziyat shunday: 5 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 8 durang. Safardagi o‘yinlarda "Paxtakor" 28 to‘p kiritib, 28 gol o‘tkazib yuborgan.
"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bahs 4 mart, chorshanba kuni Qo‘qondagi "Markaziy" stadionda soat 18:45 da boshlanadi.
Fikrlar