Prevyu. "Sho‘rtan" - "Andijon"

  • 16.05.2025 11:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

“Andijon” jamoasini ertaga G‘uzorda “Sho‘rtan”ga qarshi uchrashuv kutmoqda. Bir necha yillik tanaffusdan so‘ng Superligaga qaytgan “Sho‘rtan”ga qarshi o‘yin jamoamizning o‘zaro bellashuvlardagi 19-bellashuviga aylanadi. Ikkala jamoada 7 tadan g‘alaba bor va 4 ta durang bor. To‘plar nisbati 23\20 g‘uzorliklar foydasiga.

Bu jamoalar elitada so‘nggi bor 2016 yilgi mavsumda to‘qnash kelishgan. O‘shanda ikkala o‘yinda ham “Sho‘rtan”ning qo‘li baland kelgan.

Shu paytgacha “Sho‘rtan” maydonidagi uchrashuvlarda 3 durang qayd etilgan va 1 marta jamoamiz zafar quchgan. Ya’ni, 2008 yilgi mavsumda “Andijon” safarda 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Andijon” o‘yini 17 may kuni, G‘uzordagi “Markaziy” stadionida soat 20:30 da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!