Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Prevyu. "Surxon" - "Buxoro"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Bir-biriga munosib raqiblar to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.

"Buxoro" klubi Oʻzbekiston Superligasining 5-turini safarda “Surxon”ga qarshi maydonga tushadi.

Milliy chempionatlar tarixida mazkur jamoalar shu kunga qadar jami 32 bor toʻqnash kelishgan.

Oʻzaro oʻyinlarning 16 tasida "Buxoro" gʻalaba qozongan. 9 bahsda esa “tulporlar”ning qoʻli baland kelgan. 7 uchrashuvda tomonlar murosa koʻchasini tanlashgan. Toʻpalar nisbati 51-29 buxoroliklar foydasiga.

Oʻzaro bellashuvlarda "Buxoro" 55 ochkoni qoʻlga kiritgan. "Surxon"da esa bu koʻrsatkich 34 ochkoni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz “Surxon” - “Buxoro” bellashuvi 4 aprel 19:15 da “Surxon” arenada boʻlib oʻtadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q