Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pro liganing 1-tur uchrashuvlari start oldi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Uchrashuv yakunlandi

Bugun O‘zbekiston Pro ligasining 1-turidan o‘rin olgan 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bellashuv Farg‘onaning “Yaypan” va Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu bahs bekobodliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Dastlab uchrashuvning 6-daqiqasida “Yaypan” futbolchisi Muzaffarxon Mo‘minov hisobni ochishga erishgan bo‘lsa, 17-daqiqada Komiljon Tojidinov oradagi muvozanatni tiklashga erishdi. O‘yinning 67-daqiqasida Branimir Yo‘chich “Metallurg”ning 2-golini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.  

Kuning ikkinchi uchrashuvida “Aral” va “Respublika FA” klublari kuch sinashdi. Bu bellashuvda qoraqalpoqlar 2:1 hisobida zafar quchdi. “Aral” safida Ruslan Qalmaqanbetov dublni rasmiylashtirgan bo‘sa, “Respublika FA”ning yagona goliga esa Ozodbek Odiljonov mualliflik qildi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q