
Professional bokschilarimiz Moldovada ringga chiqishadi
Rossiyada professional faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Ravshan Umurzaqov va Sardor Muzaffarovning keyingi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.
Bu bokschilar 12 aprel kuni Moldova poytaxti Kishinyov shahrida ringga chiqishi rejalashtirilgan. Hozirda ularning raqiblari aniq emas.
Ravshan Umurzoqov etti marta ringga ko‘tarilib, ularning barchasida zafar quchgan (6 nokaut) bo‘lsa, Sardor Muzaffarov 5 marta ringga chiqib, 4 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar