Asosiy mazmunga oʻtish

PSJ «Barselona» yulduzini sotib olmoqchi

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«PSJ» Luis Enrique tashabbusi bilan «Barselona» yarim himoyachisi Gavi uchun 40 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrique jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodni tanlagani haqida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis «Barselona» tarkibida to‘p surayotgan Gavini o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Parij klubi murabbiy talabini qondirishga tayyor ekani, shuningdek, yosh yarim himoyachi uchun 40 million yevro taklif qilishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Liga 1 musobaqasining yetti turidan so‘ng «PSJ» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Parijliklar hisobida 14 ochko bor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q