Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

PSJ «Chelsi» hujumchisini sotib olmoqchi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Pari Sen-Jermen» «Chelsi»ning 19 yoshli braziliyalik hujumchisi Estevao Villianni qishki transfer oynasida sotib olishni o‘rganmoqda.

«Chelsi» jamoasining flangda harakat qiluvchi hujumchisi Estevao Villianga Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi ko‘z tikkan. 

«PSJ» 19 yoshli braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, parijliklar ro‘yxatida boshqa nomzodlar ham bor. Jumladan, «Atletik» yarim himoyachisi Niko Uilyams ham ehtimoliy variant sifatida ko‘rilmoqda.

Transferlar haqidagi mish-mishlarga qaraganda, qishki transfer oynasidan «PSJ» hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun taxminan 80 million yevro sarf etishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Estevao joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida sakkizta o‘yinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan va golli uzatmalar bilan ham ajralib turmagan. Futbolchining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q