PSJ: "Har lahzadan zavq ol, Leo"
Lionel Messi Beninga qarshi o‘yindan so‘ng Argentina terma jamoasi bilan xayrlashdi, PSJ buni unutilmas sahifa deb atadi.
Frantsiyaning «PSJ» klubi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali Lionel Messining Argentina terma jamoasidan ketishiga munosabat bildirdi.
«Argentina terma jamoasidagi unutulmas sahifa yakunlandi. Har lahzadan zavq ol, Leo!» – deya qayd etilgan Parij klubi e’lonida.
Eslatib o‘tamiz, Messi «PSJ» tarkibida 2021 yildan 2023 yilgacha to‘p surgan.
6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi Beninga qarshi maydonga tushdi. Ushbu uchrashuv 39 yoshli Lionel Messi uchun «al’biseleste» safidagi xayrlashuv o‘yini bo‘ldi. Hujumchi bu bahsda bir gol urdi va ikki marta golli uzatma berdi.
Messi Argentina milliy jamoasi tarkibida jami 208 o‘yin o‘tkazib, 126 ta gol muallifi bo‘ldi.

Izohlar (0)