PSJ ikkita katta transferga qo‘l urmoqda

  • 12.07.2024 10:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

PSJ rahbariyati Kilian Mbappe jamoani tark etganidan keyin tarkibni boshqa mashhur ijrochilar bilan kuchaytirishga intilmoqda.

Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, ayni paytda parijliklar ikki yulduzni olishni ko‘zlayapti. Ulardan birinchisi “Bafari”dan ketishga shaylangan Yozua Kimmix, ikkinchisi “Benfika” vakili Joau Neveshdir.

Manbaga ko‘ra, PSJ mutasaddilari 29 yoshli nemis futbolchisini birinchi bo‘lib olishga moyillik bildirgan. Kimmixning transferini amalga oshirish nisbatan osonligi aytilmoqda. Chunki tajribali o‘yinchining myunxenliklar bilan  amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qoldi xolos.  

“Benfika” 19 yoshli Neveshni 120 million evroga baholayapti. Qolaversa, iste’dodli yarim himoyachiga grand klublardan chorlovlar bo‘layotgani transferni qiyinlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!