PSJ muxlislari oldida sharmanda bo‘ldi
Jamoalar Parijdagi «Park de Prens» stadionida o‘ynadi. Uchrashuvning bosh hakami Jerom Brizar bo‘ldi. Mehmonlar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
2026/2027 yilgi mavsum Frantsiya Liga 1 chempionatining 3-turidan o‘rin olgan “Pari Sen-Jermen” va “Monako” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mehmonlarning g‘alabasi yakunlandi.
31-daqiqada PSJ sardori Markin’os vinger Xvicha Kvaratsxeliyaning uzatmasidan keyin gol urib, hisobni ochdi.
58-daqiqada mehmonlar himoyachisi Flaviu Nazin’yu darvoza maydoni ichida bosh bilan zarba berib, hisobni tenglashtirdi.
72-daqiqada vinger Stanis Idumbo rossiyalik Aleksandr Golovin ning uzatmasidan keyin yaqin burchakka zarba berib, “Monako”ni oldinga olib chiqdi.
“Monako” uchta turda to‘plash mumkin bo‘lgan barcha ochkolarni — to‘qqiz ochkoni jamg‘argan holda Liga 1 turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Uchta o‘yindan keyin ikki ochkoga ega chempion PSJ esa 12-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar