PSJ qidirgan hujumchisini topdi
«Ayaks» klubi hujumchisi Mika Godts «Pari Sen-Jermen» safiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqida sport jurnalisti va insayder Santi Auna xabar tarqatdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, belgilaylik yarim himoyachiga hujumchi qanot o‘yinchisi sifatida ayniqsa sport direktori Luish Kampush va jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike yuqori baho bermoqda. Ta’kidlanishicha, Godtsning hujum chizig‘ida turli pozitsiyalarda o‘ynay olishi qaror qabul qilishda hal qiluvchi omil bo‘lgan va parijliklar rahbariyatini muzokara boshlashga ishontirgan.
Avvalroq PSJ Godtsni transfer qilish bo‘yicha «Ayaks» bilan muzokaralarga kirishgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O‘tgan mavsumda Mika Godts «Ayaks» tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylandi. U Niderlandiya chempionatida 32 o‘yinda 17 ta gol muallifi bo‘ldi. Jami o‘tgan mavsumda belgilaylik vinger barcha musobaqalarda 44 ta bahs o‘tkazib, 17 ta gol urdi va 15 ta golli uzatma amalga oshirdi. Godtsning «Ayaks» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar