Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

PSJ Rodrini sotib olishni rejalashtirmayapti

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«PSJ» Rodri Ernandesni olish rejasidan voz kechdi, futbolchi uchun asosiy da'vogar sifatida «Real» qolmoqda.

PSJ rahbariyati bu yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesni jamoaga olib kelishni rejalashtirayotgani yo‘q.

Le Parisien nashri xabar berishicha, parijliklar 30 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilmaslikka qaror qilgan. Klub rahbarlari jamoa markaziy zonasida hozirning o‘zida yetarlicha yuqori saviyadagi futbolchilar borligini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Rodri uchun asosiy da’vogar sifatida hanuz madridlik «Real» ko‘rilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik klub jahon chempionati — 2026ning eng yaxshi o‘yinchisini qo‘lga kiritish maqsadida «Siti» bilan faol muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Rodri Ernandes Angliya chempionatida «Manchester Siti» tarkibida 21 ta o‘yin o‘tkazib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan. Undan avval yarim himoyachi «Atletiko» va «Vilyarreal» jamoalari sharafini himoya qilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q