Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

PSJ yulduzi jamoadan ketishi mumkin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

U e'tiborini PSJ bilan YEChLda g'alaba qozonishga qaratgan

PSJ hujumchisi  Gonsalu Ramush yozda jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda mashhur insayder Fabrizio Ramono.

Hozirda Ramushga bir nechta klublarning qiziqishi bois futbolchining boshqa joyda asosiy tarkibda o‘ynashi kutilmoqda, ammo portugaliyalikka qiziqqan klublar hali ochiqlanganicha  yo‘q. Ayni damda esa yulduz bor e’tiborini PSJ bilan YEChLda g‘alaba qozonishga qaratgan. 

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi parijliklar tarkibida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol 1 golli uzatmani amalga oshirgan. Uning hozirda Transfermarket portalidagi narxi 35 million evroni tashkil qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q