
PSJda katta mojaro boshlandi!
Frantsiyaning amaldagi chempioni “Pari Sen-Jermen”da ichki muhit buzilgan. Ispaniyalik bosh murabbiy Luis Enrike jamoaning etakchi o‘yinchilari bilan chiqisha olmayapti.
Xususan, Frantsiya terma jamoasi o‘yinchilari Usmon Dembele, Presnel Kimpembe va Randal Kolo Muani bu mutaxassisning ish uslubidan keskin norozi.
L’Equipe jurnalisti Loik Tanzining ma’lum qilishicha, 2023 yildan beri jamoaning eng yaxshi assistenti bo‘lib turgan Usmon Dembele Luis Enrikening o‘yin borasidagi g‘oyalarini tanqid qilyapti va raqiblar uning qarashlarini oldindan bilib oladigan darajada sodda ekanini ta’kidlamoqda.
Bundan tashqari, jamoa etakchisi bo‘lgan Dembele bosh murabbiy uni Chempionlar ligasi doirasida “Arsenal”ga 0:2 hisobida boy berilgan o‘yinga jalb qilmaganini tushunmaganini aytmoqda.
O‘shanda Luis Enrike Usmonning mashg‘ulot va o‘yinlarga bo‘lgan munosabatini keskin tanqid qilib, uni jamoadan qisqa muddatga chetlatgan edi.
Kimpembe va Kolo Muani esa, ispan mutaxassisi ularga etarli darajada o‘yin amaliyoti bermayotganiga e’tiroz qilmoqda.
Keyingi paytda Parij superklubi xo‘jayinlari jamoaga Zinedin Zidanni olib kelish bo‘yicha ish boshlagani haqida ma’lumotlar tarqatilayotgan edi. Demak, bu bejiz emas ekan.
Fikrlar