
PSJdan noroziman
PSJning ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruis jamoadan norozi ekanini bildirdi. Mahoratli o‘yinchi o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan qoniqmayapti.
- Men har kuni mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan shug‘ullanyapman, lekin juda kam o‘yin vaqti berilyapti. Maydonda uzoqroq muddat harakat qilishni istayman.
Bu mavsum jamoa uchun muvaffaqiyatli bo‘lishidan umid qilaman. Jamoadoshlarim bosh murabbiylikka Luis Enrike tayinlanganidan xursand, - dedi Fabian Ruis.
Fabian Ruis asosan zaxiradan maydonga tushyapti. U to‘rt marta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar