
PSJga kelib, xato qilibmiz
O‘tgan yozda PSJ rahbariyati Lionel Messi va Neymarning o‘rnini to‘ldirish rejasi bilan ikki hujumchi – Gonsalu Ramush va Randal Kolo Muanini olib kelgan edi.
Parijliklar bu transferlar uchun katta mablag‘ sarflagan. Ramush jamoaga 65 million evroga, Kolo Muani esa 95 million evroga tushgan.
Canal Supporters nashrining ma’lum qilishicha, qimmatbaho futbolchilar klubdagi ahvolidan norozi va kelasi yoz boshqa jamoaga o‘tib ketmoqsi.
Aksariyat mutaxassislar PSJ imidjiga zarar etmasligi uchun ularni qo‘yib yubormasligini ta’kidlamoqda. Ayrimlar esa, Gonsalu Ramush bosh murabbiy Luis Enrike qo‘llayotgan taktik sxemalarga to‘g‘ri kelmayotganini va undan voz kechish kerak, degan fikrni olgari surmoqda.
Fikrlar