«PSV» De Bryuneni oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
«Napoli» yarim himoyachisi Kevin de Bryune jamoadoshlari bilan nizo sababli qishda «PSV»ga o‘tishi mumkin.
«Napoli»ning tajribali yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne qishki transfer oynasida Italiya klubini tark etib, Niderlandiyaning yetakchi jamoalaridan biriga o‘tishi mumkin.
Insayder va jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, 35 yoshli futbolchi Eyndxovenning «PSV» klubi qiziqishlari doirasiga tushgan. Niderlandiya jamoasi Belgiya terma jamoasi a'zosining transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan.
De Bryuyne bir nechta futbolchi bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab «Napoli»ni tark etishga tayyor. Ayni paytda mutaxassislar uning transfer qiymatini 8 million yevro atrofida baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kevin De Bryuyne joriy mavsumda «Napoli» safida Italiya chempionatida 11 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)