Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Pulishich «Roma»ga o‘tishi mumkin

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Milan» hujumchisi Kristian Pulishich agenti «Roma» bilan uchrashuvlar o‘tkazib, ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda.

Amerikalik hujumchi Kristian Pulishich yaqin orada jamoasini almashtirishi mumkin. U haqida «Roma» klubi bilan bog‘liq ehtimoliy transfer haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Pulishich uch yildan beri «Milan» sharafini himoya qilib kelmoqda, ammo so‘nggi paytlarda uning o‘yini unchalik omadli kechmayapti – u klub uchun oxirgi golini o‘tgan yili urgan edi.

Italiyadagi nufuzli sport jurnalisti Alfredo Pedulla tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Pulishich «Roma» safiga o‘tishi mumkin. 

Uning aytishicha, futbolchining agenti rimliklar rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda va ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Seriya A chempionatida «Roma» so‘nggi turda turnir jadvalidа «Milan»ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q