
Pxyonchxan-2018: Dalmayerdan oltin dubl
Pxyonchxan shahrida davom etayotgan qishki Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kunida biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasida ta’qib poygasi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ayni kunda sayyoramizda ayollar toifasida tengsiz bo‘lib turgan germaniyalik biatlonchi Laura Dalmayer bu gal ham o‘z ustunligini namoyish etib, musobaqadagi ikkinchi, Germaniya terma jamoasining esa to‘rtinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bo‘lib slovakiyalik Anastasiya Kuzmina marraga etib kelgan bo‘lsa, bronza medali frantsiyalik Anais Beksonga nasib etdi.
Biatlon. Ta’qib poygasi, ayollar
1. Laura Dalmayer (Germaniya)
2. Anastasiya Kuzmina (Slovakiya)
3. Anais Bekson (Frantsiya)
Fikrlar