Pxyonchxan-2018: Gold bronza oldi
Pxyonchxan shahrida qishki Olimpiadaning navbatdagi kun bellashuvlar qizg‘in davom etmoqda. Kunning birinchi yarmida o‘ynalgan ilk medallar shodasi ayollar o‘rtasida snoubordning xalfpayp yo‘nalishida kechdi.
O‘zining yuqori texnikasi va tezligini namoyish qilgan amerikalik snoubordchi Xloya Kim bellashuvda oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xitoylik Lyu Tszyayu ikkinchi o‘rinni egallab, Xitoy terma jamoasi uchun musobaqadagi ilk medalni taqdim qildi. Amerikalik yana bir sportchi Ariel Gold esa bronza medali bilan kifoyalandi.
Pnoubord. Ayollar, xalfpayp
1. Xloya Kim (AQSh)
2. Lyu Tszyayu (Xitoy)
3. Ariel Gold (AQSh)
Izohlar (0)