Pyotr Yanmi yoki Merab Dvalishvili?
UFC sobiq chempioni javob berdi
UFC sobiq chempioni Ti Jey Dillashou rossiyalik Pyotr Yan va gruziyalik Merab Dvalishvili oʻrtasidagi trilogiya boʻyicha oʻz taxminlari bilan oʻrtoqlashdi.
Dillashouning taʼkidlashicha, ikkinchi jangda Yan Merab uslubiga qarshi kerakli yechimlarni topgan. Ayniqsa, uning teykdaunlardan muvaffaqiyatli himoyasi amerikalikni hayratda qoldirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, agar Dvalishvili raqibini parterga oʻtkaza olmasa, omad siz teykdaun urinishlari uning oʻzigʻa koʻproq kuch yoʻqottiradi.
Dillashou Yanning muvaffaqiyatida korpusga yoʻllangan zarbalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini taʼkidladi. Shu bilan birga, uning fikricha, Dvalishvili ham korpusga koʻproq ishlashi va hujumlarini kombinatsiyalar bilan bogʻlashi lozim.
Amerikalikning fikricha, Yan taktikani oʻzgartirmasligi kerak. U korpusga zarba berishda, jeb va chap oyoq zarbalaridan samarali foydalanishda hamda teykdaunlardan himoyalanishda davom etishi kerak. Chunki Merab baribir oyoqqa oʻtishga harakat qiladi va shu sababli Yan korpusga zarbalarga yanada koʻproq eʼtibor qaratishi zarur.
Dillashou ogʻir kechadigan jangda Pyotr Yanning gʻalaba qozonishini taxmin qildi. Uning fikricha, soʻnggi gʻalaba rossiyalikka katta ishonch bagʻishlagan va u Merabning uslubi hamda chidamliligiga qanday qarshi turishni anglab etgan. Biroq amerikalik Merab Dvalishvilining osonlikcha taslim boʻlmaydigan jangchi ekanini ham alohida taʼkidladi.
Eslatib oʻtamiz, Pyotr Yan va Merab Dvalishvili toʻqnashuvi 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 333" turnirida oʻtkaziladi.

Izohlar (0)