“Qatar Total Open – 2018” yarim finalchilar nomi aniqlanmoqda
Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa Doxa shahri mezbonlik qilayotgan turnirning yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning chorak finalida frantsiyalik Karolin Garsiyaga qarshi kortga chiqib, 3:6, 6:1, 6:4 hisobida g‘alaba qozongandi.
Garbin “Qatar Total Open – 2018” turnirining yarim finalida ruminiyalik Simona Xalep va amerikalik Ketrin Bellis uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)