
Qilichbozlarimiz sovrinlarga da’vogar
Tunisda qilichbozlik bo‘yicha Gran-pri turnirida saralash bahslari ortda qoldi.
Erkaklar o‘rtasidagi kvalifikatsiya bosqichi yakuniga ko‘ra, Islombek Abdazov medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.
Asosiy bahslarda terma jamoamiz a’zolaridan Gulistan Perdebaeva va Fernanda Errera o‘zaro raqobatga kirishsa, Zaynab Dayibekova gonkonglik Sammer Sit bilan medallar yo‘lidagi kurashni davom ettiradi.
Saralash musobaqalarini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi Islombek Abdazov sovrinli o‘rinlar yo‘lida amerikalik Deril Gomerni engishga kirishadi.
Fikrlar