Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Qirq yoshli Vozin'ya yaxshi ishtopdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Darvozabon qiyinchiliklarni engib o‘tdi

Jahon chempionatida yorqin oʻyini bilan nom qozongan darvozabon Jozimar Vozinyaning Chiliga yetib borishi bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelgani haqida avval xabar berilgan edi. 

Biroq ikki-uch kun ichida barcha tashkiliy masalalar hal etildi va endilikda Chilining "Kolo-Kolo" klubi rasmiy shartnoma imzolanganini eʼlon qildi.

Shu tariqa, Jozimar Vozinyaning faoliyati geografiyasi yana bir mamlakat bilan kengaydi. Tadbirkor darvozabon uchun bu ilk xalqaro tajriba emas. U faoliyati davomida Angola, Moldova, Portugaliya, Kipr klublarida ham maydonga tushgan. 

Futbol statistikasiга ixtisoslashgan nufuzli Transfermarkt sayti maʼlumotlariga koʻra, Vozinya bilan tuzilgan kelishuv uzoq muddatli emas. Shartnoma joriy yil oxirigacha moʻljallangan, shundan soʻng tomonlar hamkorlikni davom ettirish yoki yoʻqligini qayta koʻrib chiqadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q