Qolsang, maoshing to‘rt karra oshadi!

  • 26.02.2026 09:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” rahbariyati yarim himoyachi Lennart Karl kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Ular klub tarbiyalanuvchisini uzoq muddatga Myunxenda olib qolmoqchi.

Sky Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar yaqin vaqtda 18 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Germaniya chempionlari unga har mavsum uchun 8 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.

Ayni paytda Lennart Karl myunxenliklardan  yiliga 2 million yevro olmoqda.

Karlning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda Lennart Karl  barcha musobaqalarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali ekspertlari kelajagi porloq ekani e’tirof etilayotgan vunderkindning bugungi kundagi qiymatini 60 million yevro deb baholadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!