Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Qozog‘iston yangicha turnirda qatnashadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Evropa va Shimoliy Amerika 96 ta terma jamoa ishtirok etadigan yagona Millatlar ligasini 2028 yildan yo‘lga qo‘yishni muhokama qilmoqda.

Yevropa va Shimoliy Amerika futbol konfederatsiyalari Millatlar ligalarini birlashtirish masalasini muhokama qilmoqda, deya xabar bermoqda The Guardian manbasi.

Yangi musobaqada UEFAga a’zo 55 ta milliy jamoa hamda KONKAKAF tarkibidagi 41 ta assotsiatsiya terma jamoalari ishtirok etishi mumkin. Jami 96 ta terma jamoa uchun yagona turnir tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Liga ishtirokchilari reyting ko‘rsatkichlariga qarab bir nechta divizionga ajratiladi. Eng yuqori divizionda Ispaniya, Fransiya, Angliya, AQSh, Meksika va Kanada kabi Yevropa va Shimoliy Amerikaning yetakchi terma jamoalari to‘p surishi kutilmoqda.

Qozog‘iston terma jamoasi ehtimol pastki divizionlardan birida o‘rin oladi. Shu bilan birga, yangi format jamoaga Yevropa va KONKAKAFdan o‘z darajasiga yaqin raqiblarga qarshi muntazam rasmiy o‘yinlar o‘tkazish imkonini beradi. Guruh bosqichi uchrashuvlarini sentabr, oktabr va noyabr oylaridagi xalqaro turnirlar uchun ajratilgan oynda o‘tkazish taklif etilmoqda. 

Pley-off bahslari mart oyida, to‘rtta jamoa ishtirok etadigan hal qiluvchi bosqich esa iyun oyida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Birlashgan Millatlar ligasini yo‘lga qo‘yish 2028 yildagi Yevropa chempionatidan so‘ng rejalashtirilgan. Turnirni har ikki yilda bir marta o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Hozircha loyiha muhokama bosqichida. Shu sababli musobaqaning yakuniy formati va aniq muddatlari o‘zgarishi ehtimoli saqlanib qolmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q