Qozog‘iston - O‘zbekiston: Matnli translyatsiya
Vaziyatlardan onlayn xabardor bo‘lish uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi.
Assalomu alaykum, muhtaram futbol ixlosmandlari! Futzal bo‘yicha Qozog‘iston va O‘zbekiston terma jamoalari Nur-Sulton shahridagi "Jaksilik Ushkempirov" arenasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazmoqda. Quyida e’tiboringizga mazkur qarama-qarlishikdan matnli translyatsiya taqdim etiladi.
Qozog‘iston - O‘zbekiston 3:1
- Uchrashuv yakunlandi. O‘zbekiston dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvida Qozog‘istonga mag‘lub bo‘ldi.
- GOL! Raqib o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi. Darvozabonimizning oldinga chiqib ketganidan unumli foydalangan Qozog‘iston posboni darvozamizni ishg‘ol etdi.
- Darvozabon oldinga chiqib ketganidan unumli foydalanib zarba bergan Usmonov mo‘ljalda biroz adashdi.
- GOOOOOOOOOOOL! Hamroev! Jarima maydoni yaqinidagi kombinatsiyani o‘ynovchi darvozabonimiz gol bilan yakunladi!
- Raqib bosh murabbiyi shogirdlari dam olishi uchun taym-aut oldi!
- So‘nggi daqiqalarda vakillarimiz ketma-ket xavfli hujumlar uyushtirmoqda. Chorievning bu safargi urinishini darvozabon qaytardi.
- QANDAY VAZIYaT?! Davron Choriev deyarli bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. Afsus...
- Hozirgina o‘yinga qo‘shilgan Hamroevning noaniq uzatmasi tufayli navbatdagi hujumimiz besamar yakunlandi.
- Ilhom Hamroev o‘ynovchi darvozabon sifatida maydonga tushdi.
- Dilshod Rahmatovning urinishidan so‘ng to‘p raqibga tegib, maydonni tark etdi.
- XAVFLI VAZIYaT! Akbar Usmonovning zarbasidan so‘ng to‘p ustundan qaytdi.
- So‘nggi bir necha daqiqa davomida to‘p nazorati vakillarimiz tomonda bo‘lib turibdi.
- Futzalchilarimiz faolroq harakat qilishi lozim. Raqibga har jabhada imkoniyatni boy bermoqdamiz.
- Rustam Umarov darvozasi tomon berilgan navbatdagi zarbani qaytardi.
- Raqib g‘alaba qozonmoqda. Biroq ular o‘ynovchi darvozabonni maydonga tushirishdan cho‘chimayapti.
- Juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Usmonovning uzatmasidan keyin Anasxon to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga kirita olmadi.
- O‘yinda temp biroz pasaydi.
- Husniddin Nishonovga sariq kartochka ko‘rsatildi.
- Nishonovning zarbasini darvozabon qaytardi. Takroriy urinishga aniqlik etishmadi.
- Raqib to‘p nazoratini vakillarimizga topshirib, qarshi hujumlarga e’tibor bermoqda.
- O‘tkazib yuborilgan ikki goldan so‘ng hamyurtlarimiz hujumkorlikka urg‘u bermoqda.
- Futzalchilarimiz hujumda deyarli xavf tug‘dira olmayapti.
- Maydon doimgidek rezina emas, yog‘och bilan qoplangan. Shu bois, vakillarimiz unda harakat qilishga qiynalmoqda.
- GOL! Raqib darhol hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Bu safar Duglas Juniorning urinishidan so‘ng to‘p darvozamizdan joy oldi.
- GOL! Uchrashuvda hisob ochildi. Jarimadan Arnold Knaubning bergan zarbasini Umarov qaytara olmadi.
- Ikkinchi taymga start berildi!
- Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffus!
- Bahodir Ahmedov o‘z imkoniyatidan foydalanib, taym-aut oldi.
- Tanaffusga g‘alaba bilan yo‘l olishimiz mumkin edi. Ammo darvozabon qarshisida yolg‘iz qolgan Choriev to‘pni to‘xtata olmadi.
- Uzoq masofadan Umarov darvozasi tomon yo‘llangan zarba noaniq ketdi.
- Qozog‘istonliklar 5 kishi bo‘lib darvozamiz oldida to‘pni ushlab turibdi.
- Bo‘lim so‘ngini mezbonlar to‘p nazorati bilan o‘tkazmoqda.
- Bahodir Ahmedovning ko‘rsatmalaridan keyin futzalchilarimiz biroz faollashdi.
- Vakillarimiz qarshi hujumga o‘tdi. Anasxonning zarbasidan so‘ng raqib posboni xavfni bartaraf etdi.
- Himoyachilarimiz raqibning ketma-ket zarbalarini bartaraf etdi.
- Taym-aut! Murabbiylar futzalchilarga ko‘rsatmalar bermoqda.
- Raqib o‘ynovchi darvozabondan foydalanmoqda.
- Knaubning xavfli zarbasini Umarov bartaraf etdi.
- Akmalikovning bu safargi urinishidan so‘ng to‘p ustun yonginasidan o‘tib ketdi.
- Husniddin Nishonovning olis masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi.
- Raqib futzalchisi Akmalikov Umarov bilan birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi.
- Ishonchli harakat qilgan Umarov jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.
- Bugun futzalchilarimiz oldingi chiziqda umuman o‘ziga o‘xshamayapti.
- Vakillarimiz asta-sekinlik bilan raqibni maydonning narigi qismiga "haydamoqda".
- Jamoamizning kamsonli hujumlaridan navbatdagisi Ropievning noaniq uzatmasi tufayli muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
- O‘yin asosan, jarima maydonimiz yaqinida kechmoqda.
- Ikki futzalchi parketda yotibdi. Jarohat jiddiy emas!
- Choriev to‘pni sherigiga etkaza olmadi. Hujum uzilib qoldi.
- Jarima maydoni tashqarisidan berilgan zarbani Rustam Umarov ushlab oldi.
- To‘p nazorati raqiblarimiz qo‘l ostida bo‘lib turibdi.
- Vakillarimiz tezkor qarshi hujumga o‘tdi. Ammo urinish noaniq pas tufayli barbod bo‘ldi.
- Qozog‘istonliklar bu safar o‘tkir burchakdan kuchli zarba yo‘lladi. Noaniq.
- Raqib futzalchisining zarbasi biroz noaniq ketdi.
- Dastlabki soniyalarda to‘p nazorati maydon egalari tomonda bo‘lib turibdi.
- Ruxsatingiz bilan buyog‘iga sanoqli teskari tarzda olib boramiz.
18:00. Uchrashuv boshlandi!
17:59. Jamoa sardorlari va hakamlar o‘rtasida kichik qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Start uchun barchasi tayyor!
17:58. Qozog‘iston milliy madhiyasi yangradi.
17:57. Arena bo‘ylab O‘zbekiston madhiyasi yangradi. Uni vakillarimiz va o‘zbekistonlik muxlislar birgalikda kuyladi!
17:55. Futzalchilar parketga chiqib keldi.


Izohlar (0)