
Qudratli klub “Real” yulduzini olib qo‘ymoqchi
“Real” rahbariyati sotib yuborishga qaror qilgan Rodrigo Goes xaridorlari qatoriga Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi PSJ ham qo‘shildi.
Aslida Parij klubi mutasaddilari “Real” ularning eng zo‘r to‘purari Kilian Mbappeni Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirganidan beri Florentino Peres jamoasining eng yorqin o‘yinchilaridan birini olishni rejalashtirib yurgan edi.
ESPN nashrining yozishicha, PSJ mutasaddilari 24 yoshli futbolchi bilan bog‘lanib, transfer imkoniyatlari bo‘yicha vaziyatni o‘rgangan.
Rodrigoga Evropa va Saudiya Arabistonining bir necha klublari qiziqish bildirmoqda. Madridliklar universal hujumchini 90 million evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Fikrlar