Rafinya faoliyatini erta tugatdi

  • 23.12.2025 18:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik yarim himoyachi Rafinya Alkantara professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

O‘z davrida “Barselona”, “Selta”, “Real Sosedad”, “Inter” va “Pari Sen-Jermen” kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi 32 yoshida butsalarini mixga ilishga qaror qildi.

Alkantara faoliyatidagi so‘nggi klub Qatarning “Al-Arabi” jamoasi bo‘ldi. Mohir futbolchi bu jamoaga 2022 yilning yozida “Pari Sen-Jermen”dan ketganidan so‘ng qo‘shilgan edi.

Futbolchilik faoliyati davomida Rafinya 358 ta uchrashuvda maydonga tushib, 51 ta gol urdi va 52 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, uning yutuqlari orasida “Barselona” tarkibida qo‘lga kiritilgan Evropa Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sovrinlari, hamda 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medali ham mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!