Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Атлетико" rahbariyati Al’varesdan g‘azabda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tomonlar kelisha olmayapti

Madridning «Atletiko» jamoasida argentinalik hujumchi Julian Alvares atrofidagi vaziyat tufayli muhit tobora taranglashib bormoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Alvares «Barselona» safiga o‘tishni istamoqda. Ammo «matraschilar» uchun muhim futbolchisini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchi klubga berib yubormaslik tamoyil masalasiga aylangan. ESPN Argentina xabar qilishicha, madridliklar bosh direktori Migel Anxel Hil Marin bu holatdan juda qattiq norozi. 

Uning fikricha, hujumchining harakatlari jamoani omma oldida «kichik klub» sifatida ko‘rsatib qo‘ygan. Yaqin kunlarda klub rahbariyati vaziyatga oydinlik kiritish va yechim topish uchun qator uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Julian Alvares endi Diego Simeone jamoasida o‘ynashni xohlamasligini ochiq-oydin bildirgan. Yaqinda «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda «Atletiko» muxlislari 26 yoshli futbolchini maydonga tushishi bilanoq hushtakbozlik va norozilik bilan kutib oldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q