Rahmonov: "U jangdan bosh tortdi"

  • 1 sentabr, 2024, 14:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

 Yarim o‘rta vazn toifasidagi 29 yoshli UFC jangchisi Shavkat Rahmonov chempion Belal Muhammad 2024 yil oktabr oyida "UFC 307" musobaqasida chempionlik unvonini himoya qilishdan bosh tortganini aytdi.

 “Ha, aslida menga Belal bilan jangni taklif qilishgan va men bunga rozi bo‘lgandim. Ammo, afsuski, Muhammad jang qilishdan bosh tortdi. U oktyabrda kamarini himoya qilishga tayyor emas ekan. Ammo umid qilamanki, biz tez orada jang qilamiz. Yana shuni ham eslatib o‘tmoqchiman, avvalroq bu yigit o‘z kamarini tez-tez himoya qiladigan chempion bo‘lishini ta’kidlagandi”, — deya Shavkat so‘zlarini keltirdi Low Kick MMA.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 304" turnirida Belal(24-3-1 N/C) hakamlarning yakdil qarori bilan Leon Edvards(22-4-1 N/C)ni mag‘lub etib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!