Ramazon Temirov UFCdagi nokautdan so‘ng O‘zbekistonga murojaat qildi
Hammasi yangidan boshlanadi
UFC promoushenida ishtirok etayotgan oʻzbekistonlik jangchi Ramazon Temirov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi post eʼlon qildi.
Sportchi oʻzining Instagram-sahifasida Oʻzbekiston bayrogʻi bilan tushgan suratini joylashtirdi.
«Inshaalloh, oxirgi nafasimgacha Vatanim sharafini himoya qilishga va uning bayrogʻini baland koʻtarishga intilaman», — deb yozdi Temirov oʻz postida.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida boʻlib oʻtgan UFC 333 turnirida Ramazon Temirov AQShdagi professional faoliyatidagi ilk magʻlubiyatini qayd etdi. U birinchi raundning oʻzida magʻlubiyatga uchrab, hali magʻlubiyatsiz yurgan britaniyalik Lonir Kavanaga nokaut orqali yutqazdi.
Kavana raqibini qarshi zarba — apperkot bilan yiqitdi va raund tugashiga yarim daqiqa qolganida jangni yakunladi.
Bu magʻlubiyat Temirovning 12 ta jangdan iborat gʻalabali seriyasiga chek qoʻydi va uni divizionning rasmiy reytingida yettinchi oʻrindan oʻninchi pogʻonaga tushirib yubordi.
Izohlar (0)