Ramazon Temirvning raqibi e'lon qilindi!

  • 27.01.2026 11:36
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Xabaringiz bor, 7 fevral kuni poytaxtimizning "Humo arena" majmuasida Mangu MMA ligasining ilk turniri o‘tkaziladi.

Bir necha kun avval, hamyurtimiz, UFC jangchisi Ramazon Temirov ham ushbu oqshomda ishtirok etishini ma’lum qilgandik. Bugun hamyurtimizning raqibi e’lon qilindi.

Temirov (19-2) braziliya jiu-jitsusi qoidalari asosida qozog‘istonlik UFC sobiq jangchisi Azat Maksum (15-3) bilan bahs olib boradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!