
Ramos Messidan o‘zib ketdi
“Sevilya” himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Lionel Messini ortda qoldirdi.
La Liganing 22-turida “Osasuna”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv Serxio Ramos uchun milliy chempionatdagi 521-o‘yin bo‘ldi. Lionel Messi “Barselona” safida o‘ynagan davrda Ispaniya chempionatida 520 ta uchrashuvda qatnashgandi.
Skrxio Ramos uchrashuvlarning katta qismini “Real” libosida o‘tkazgan. Keyin u ikki mavsum davomida PSJda Messi bilan birga to‘p tepdi.
Ispaniya chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar sifatida darvozabon Andoni Subisarreta va Xoakin qayd etilgan. Ular 622 tadan o‘yinda qatnashgan.
Fikrlar