Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Ramos vafot etdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 1

Ispan futbolida judolik

O‘tgan mavsumni Ispaniya chempionati yuqori divizionida o‘tkazgan “Las-Palmas” 23 yoshli futbolchisi Zeben Ramos hayotdan ko‘z yumganini e’lon qildi.

- Zebenning favoti tufayli qalblarimiz larzaga keldi va qayg‘uga botdik. “Las-Palmas” oilasi nomidan uning yaqinlari, do‘stlari, jamoadoshlari va sport yo‘lida unga hamrohlik qilganlarning barchasiga ta’ziyamizni bildiramiz. Ramos  qalblarimizda abadiy qoladi, - deyiladi klub bayonotida.

Shu yilning 9 iyun kuni Gran-Kanariya orolchasidagi El Puertilo tumanida Zeben Ramosni avtomashina urib ketgan edi. Avariya oqibatida futbolchi boshidan jarohat oldi va komaga tushib qoldi.

Shifokorlarning bir necha hafta davomida Zeben Ramosni qutqarish bo‘yicha qilgan harakatlari zoe ketdi va futbolchi hushi kelmay, favot etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q