Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rangnik «Milan»ga oʻz talablarini qoʻydi

Соғиндиқ Кенжебаев
Izohlar: 0

«Milan» rahbariyati Germaniya futbolida katta tajribaga ega mutaxassis Ralf Rangnikni sport direktori lavozimiga taklif etmoqda. Ammo Rangnik bu taklifni faqat o‘zi belgilagan bir qator shartlar bajarilgan taqdirdagina qabul qilishga tayyor. Bu talablar soni ham kam emas. Avvalo, m…

«Milan» rahbariyati Germaniya futbolida katta tajribaga ega mutaxassis Ralf Rangnikni sport direktori lavozimiga taklif etmoqda. Ammo Rangnik bu taklifni faqat o‘zi belgilagan bir qator shartlar bajarilgan taqdirdagina qabul qilishga tayyor. Bu talablar soni ham kam emas.

Avvalo, mutaxassis klubda kadrlar siyosati bo‘yicha to‘liq mustaqillikka ega bo‘lishni istamoqda. Ya’ni bosh murabbiyni tanlash, futbolchilarni seleksiya qilish va mashg‘ulot usullarini belgilash masalalarida qaror qabul qilish huquqi to‘liq uning qo‘lida bo‘lishini talab qilmoqda.

Ikkinchidan, Rangnik «Milan» tizimiga o‘zining ishonchli mutaxassislar guruhini olib kirishni rejalashtirgan. Manbalarga ko‘ra, gap kamida yigirma nafar xodim haqida ketmoqda – ular orasida seleksiyachilar, analitiklar va sport ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida ishlaydigan mutaxassislar bo‘lishi kutilmoqda.

Uchinchi muhim yo‘nalish – klubning bolalar va o‘smirlar akademiyasini tubdan isloh qilish rejasi. Aynan shu nuqtada Rangnik rejalari «Milan»da katta nufuzga ega bo‘lgan Zlatan Ibragimovichning manfaatlari bilan to‘qnash kelayotgani aytilmoqda.

pianetamilan.it nashri yozishicha, shved yulduzi klubdagi ta’sir doirasini yo‘qotib qo‘yishdan jiddiy xavotirda. Rangnikka keng vakolatlar berilishi Ibragimovichning qaror qabul qilish jarayonlaridagi roli sezilarli darajada qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q