Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Raqib "Chelsi" himoyachisini sotib oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transferga oxirida ulgurishdi

Markaziy himoyachi Tosin Adarabiyo «Chelsi»dan «Tottenxem»ga o‘tdi.

Londonning «shpor» klubi 28 yoshli futbolchini yangi transfer sifatida namoyish etdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma muddati ochiqlanmagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, transfer qiymati 8 million evrona oshgan.

Tosin Adarabiyo so‘nggi ikki mavsumni «Chelsi» safida o‘tkazdi. Markaziy himoyachi  «aristokratlar» tarkibida barcha musobaqalarda jami 70 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va bir marta golli pas berdi. Undan oldin futbolchi «Fulh’em» va «Manchester Siti» klublarida to‘p surgan.

«Tottenxem» yangi mavsum Premier-ligada omad siz boshlandi — jamoa dastlabki ikki o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi. 5 sentabr kuni Roberto de Dzerbi boshqaruvidagi londonliklar safarda «Nottingem Forest»ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q