Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Ana xolos: Raqib “Chelsi”ning eng zo‘r o‘yinchisini olib ketadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta transfer

2023 yilning 1 sentyabr kuni “Manchester Siti”dan “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Koul Palmer qisqa fursatda “aristokratlar”ning eng zo‘r o‘yinchisiga aylandi.

Manchesterliklar ishonch bildirmagan hujumkor futbolchi London klubiga o‘tganidan keyin  54 ta o‘yinda 31 ta gol va 20 ta assist muallifi bo‘ldi. “Manchester Siti”da esa, Palmer 41 ta uchrashuvda atigi oltita gol urgandi.

Endi “Manchester Siti” APLning eng samarali o‘yinchilaridan biriga aylangan o‘z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish harakatiga tushib qoldi. Murabbiylar shtabi Palmer yozda jamoani tark etadigan Kevin de Bryuynega munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonch bildiryapti.

Manchesterliklar bir yil muqaddam o‘z tarbiyalanuvchisini “Chelsi”ga 47 million evroga transfer qilgan edi. Endi 2033 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega Palmerni ortga qaytarish uchun “shaharliklar” uch baravar ko‘p pul to‘lashga tayyor.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q