Raqiblar Gvardioladan qutilmoqchi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishiga qaramay, Angliya Premier-ligasidagi hamkasblari ispaniyalik mutaxassisning joriy mavsumdan keyin lavozimidan ketishini kutmoqda.
The Times nashrining yozishicha, murabbiylarning Gvardiola uchun joriy mavsum “Manchester Siti”dagi oxirgisi bo‘ladi, degan ishonch kuchaymoqda ekan.
Manbaga ko‘ra, Angliya chempionati top-klublaridan birining murabbiyi o‘tgan hafta rahbariyatga ispaniyalik mutaxassis mavsum oxirida “shaharliklar”ni tark etishiga ishonishini bildirgan.
Gvardiola 2016 yil yozidan beri “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa olti marta Angliya chempionligini, ikki marta Angliya kubogini, to‘rt marta Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan. 2023 yilda Gvardiola jamoasi Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar