Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman: “Barsa” supertransferni e’lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Chempion jamoadan chempion klubga o‘tdi

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” klubi Angliya Premier-ligasi gʻolibi “Arsenal”dan 29 yoshli hujumchi Gabriyel Jezusni transfer qilganini eʼlon qildi.

Braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2029 yil 30 iyunga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, transfer qiymati oʻn million evroni tashkil qilgan.

Jezus 2022 yilda “Manchester Siti”dan “Arsenal”ga 52 million evro evaziga oʻtgan edi. Hujumchi London klubi safida 123 ta oʻyinda 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q