Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Rasman: "Barsa" yangi shartnomani e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Vunderkindning narxi bir kunda 15 milliondan 150 million yevroga ko‘tarildi

«Barselona» yosh hujumchi kelajakgini klubga bog‘lab qo‘ydi. Ispaniyaning mashhur «Barselona» klubi Misrdan kelgan 18 yoshli hujumchi Hamza Abdulkarim bilan yangi shartnoma imzoladi. 

Bu haqida jamoaning rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.

Avvalgi kelishuvga ko‘ra, yosh futbolchining shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qilar edi. Yangi shartnoma asosida esa Abdulkarim kamida 2030 yilning o‘rtalarigacha «Barselona» sharafini himoya qilishda davom etadi.

Klubga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, yangi bitimda hujumchini boshqa jamoa sotib olishi uchun belgilanishi tоvon puli miqdori sezilarli oshirilgan. Avval bu summa 15 million yevro atrofida bo‘lgan bo‘lsa, endi 150 million yevrogacha ko‘tarilgani aytilmoqda. 

Biroq bu raqamlar «Barselona»ning rasmiy bayonotida tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Hamza Abdulkarim kataloniyaliklar safiga Misrning «Al-Ahli» klubidan ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsumda hozircha jamoa tarkibida bir o‘yinda maydonga tushishga ulgurgi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q