
Rasman! Bellingemning transferi e’lon qilindi
“Real” yulduzi Jud Bellingemning ukasi Job faoliyatini Bundesligada davom ettiradigan bo‘ldi. 19 yoshli futbolchi xuddi akasi kabi “Borussiya Dortmund”ni tanladi.
Mavsumni “Sanderlend”da yakunlagan Job yaqinda Germaniyaga kelib, o‘ziga qiziqish bildirgan nemis klublari bilan tanishgan va oxir-oqibat Dortmundga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan edi.
Bu reja amalga oshib, “Borussiya” yosh futbolchi bilan 2030 yilning yarmigacha davom etadigan hamkorlik shartnomasini imxoladi.
Ta’kidlash joizki, Jud Bellingem ham o‘z vaqtida Angliyadan bo‘lgan takliflarni inobatga olmay, “Borussiya”ni tanlagan va professional nuqtai nazarda bu klubda katta o‘sishgan erishgan edi. Ayni paytda u “Real” etakchilaridan biriga aylangan.
Job Bellingem ham akasining yo‘lini takrorlayapti. Bu futbolchi o‘tgan mavsum “Sanderlend” tarkibida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta assist qayd etdi. Job ishonchli o‘yinlari bilan “Sanderlend”ning Angliya Premer-ligasiga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.
Fikrlar