
Rasman! Hames Rodriges Evropaga qaytdi
Kolumbiya terma jamoasi yulduzi Hames Rodriges "Rayo Valekano" a’zosiga aylandi Shartnoma 1+1 ko‘rinishida imzolandi. Kelishuvning qolgan tafsilotlari esa, keyinroq ma’lum qilinadi. Mazkur habarni klub rasmiy sayti ham e’lon qildi. 33 yoshli tajribali futbolchining so‘ngi jamoasi Braziliyaning "San-Paulu" klubi bo‘lgan edi.
U yozda bo‘lib o‘tgan Kopa Amerika musobaqasida 6 ta golli uzatma bilan eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi. Shundan so‘ng kolumbiyalik hujumchiga bir qator jamoalardan takliflar kelib tusha boshladi. Yakunda futbolchi Ispaniya chempionatiga o‘tishga qaror qildi. U hattoki, "ko‘xna qita"da o‘ynash uchun amaldagi klubi bilan ham shartnomasini bekor qildi.
Eslatib o‘tamiz, Hames ortda qolgan mavsum "San-Paulu" safida umumiy 22 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va 4 ta assistni yozib qo‘ygan edi.
Fikrlar