Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Rasman! Ilyos Zeytullaev - "Kattaqo‘rg‘on" bosh murabbiyi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Murabbiy "BuxDU"ga qarshi jamoani maydonga olib tushadi

Ilyos Zeytullaevning yangi manzili ma'lum bo‘ldi. Tajribali murabbiy Samarqandning "Kattaqo‘rg‘on" klubi ustoziga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi. 

"Kattaqo‘rg‘on" rahbariyati 44 yoshli tajribali mutaxassis bilan kelishuvga erishdi. Jamoa muxlislariga bosh murabbiy vazifasini endilikda Ilyos Zeytullaev bajarishini ma'lum qilamiz.

Futbolchilik faoliyatining asosiy qismini Italiyada o‘tkazgan mutaxassis jamoatchilikka “Bunyodkor” murabbiyi sifatida iliq taassurot qoldirdi. Uning keyingi bekati Samarqand bo‘ladi.

Ilyos Bekirovichning "Kattaqo‘rg‘on"dagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz", -
deyiladi xabarda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q