Rasman! "Manchester Siti" 135 million evrolik supertransferni e'lon qildi
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatida jiddiy qadam qo'ydi va endi Angliyaning boshqa yetakchi klubi sharafini himoya qiladi.
Uning transferi haqida "Manchester Siti" rasmiy e'lon qildi. Ma'lum qilinishicha, klub va futbolchi o'rtasida barcha shartlar to'liq kelishib olingan, Angliya milliy jamoasi a'zosi bo'lgan markaziy yarim himoyachi rasmiy jamoaga qo'shildi. 23 yoshli Anderson Kanzasda chuqur tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgan.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida transfer miqdori 135 million yevro atrofida bo'lishi aytilgan edi. Agar bu raqam tasdiqlansa, Elliot Anderson tarixdagi eng qimmatbaho britan futbolchisiga aylanadi.
O'tgan mavsumda Anderson "Nottingem Forest" tarkibida 50 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Fikrlar