Rasman! Mochinov "Neftchi" bosh murabbiyi

  • 24 dekabr, 2024, 19:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik mutaxassis, muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan 48 yoshli Aleksandr Mochinov yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi. U Qirg‘izistonning “Neftchi” (Qo‘chqor Ota) jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mochinov “Oqtepa”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “So‘g‘diyona”, O‘zbekiston U16, O‘zbekiston U19 terma jamoalari, “Krilya Sovetov” akademiyasida va shuningdek, Quvaytning “Qodisiya” U19 va “Al-Nasr” jamoalarida murabbiy bo‘lib ishlagan.

3 yildan so‘ng Mochinov yana faol ish jarayoniga qaytdi.

Qo‘chqor Otaning “Neftchi” jamoasi yakuniga etgan mavsumda Qirg‘iziston chempionatida 10 ta jamoa orasida 5-o‘rinni band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
24/12/2024 19:24
Сарлавхаларинга сизларни....Озарларни Нефтчиси деб уйловдим.